Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘g‘ulistonda «Bir sayyohga - bir echki» dasturi ishga tushiriladi
Mamlakatning Arxangay viloyati ma’muriyati shu tarzda sayyohlar oqimini oshirishni rejalashtirmoqda.
Mo‘g‘ulistonning Arxangay viloyati 2024 yilda 100 ming sayyohni qabul qilishni maqsad qilgan va geografik xususiyatlaridan kelib chiqib, yil davomida ko‘plab tadbirlar o‘tkazishni rejalashtirgan.
Jumladan, «Bir sayyohga — bir echki» dasturi Mo‘g‘uliston Atrof-muhit va turizm vaziri Bat-Erdene Bat-Olziy va Mo‘g‘uliston turizm uyushmasi vakillariga taqdim etilgan.
Qayd qilinishicha, vazir Bat-Erdene hukumatning «Mo‘g‘ulistonga sayyohat» dasturi doirasida Arxangay viloyatining jamoat turizmini rivojlantirishda tashabbuskorlik va yetakchilik ko‘rsatishga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholagan. Shu bilan birga, Bat-Erdene viloyat rahbariyatidan kutilmagan muammolarning oldini olish uchun «Bir sayyohga — bir echki» loyihasini takomillashtirish va sayyohlarga oldindan qisqacha ma’lumot berishni so‘ragan.
Arxangay viloyati 1931 yilda tashkil topgan. Maydoni 55 ming kv.km. Aholisi 84 ming kishidan ortiq. Viloyat iqtisodiyotining asosini chorvachilik tashkil etadi, Arxangayda 2,1 million bosh qoramol bor.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026