Windows 12 sun’iy intellekt imkoniyatlariga ega bo‘ladi
Yangi operatsion tizim 2024 yil yozida chiqishi kutilmoqda.

Foto: Pexels
Microsoft kompaniyasi 2024 yil iyun oyida Windows 12 operatsion tizimini chiqaradi. Bu haqda iXBT portali Commercial Times nashriga tayanib xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Microsoft kompaniyasining navbatdagi operatsion tizimi sun’iy intellektga (SI) asoslangan funksiyalarni birlashtiradi.
Windows 12 tizimida sun’iy intellekt unumdorlik, xavfsizlik va foydalanuvchi tajribasini yaxshilash uchun ishlatiladi. Operatsion tizim Ryzen 7000 va Intel Meteor Lake protsessorlarida ishlaganda SI apparat imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda. Ilgari Intel o‘zining yangi protsessorlari, jumladan, Windows 12 uchun protsessorlar ishlab chiqilayotganini ma’lum qilgan edi.
Microsoft kompaniyasining o‘zi hali SI keyingi operatsion tizimga qanday tatbiq etilishi haqidagi tafsilotlarni oshkor qilmadi. Kompaniya Windows 11 va Windows 10 tizimining joriy versiyalarini yangilashni davom ettirib, ularga SI xususiyatlarini joriy qilmoqda.
Windows 12 tizimining 2024 yil iyun oyida chiqarilishini joriy versiya aynan iyun oyida taqdim etilgani bilan taxmin qilish mumkin. Bundan tashqari, ofis xodimlari, maktab o‘quvchilari va talabalar odatda iyun-iyul oylarida ishdan va o‘qishdan oldin qurilmalarini yangilab oladi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi jamoat joylarida kinologiya punktlari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:33
-
Zelenskiy: frontdagi qurollarning 40 foizidan ortig‘i Ukrainada ishlab chiqarilgan
Jahon | 10:19
-
Urush tufayli Rossiya qurol eksportini kamaytirdi. Uning jahon bozoridagi o‘rnini Hindiston egallamoqda
Jahon | 09:55
-
Toshkentda uch kishini o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 09:40
Mavzuga oid

20:48 / 16.04.2025
Rossiyada dirijabllar davri qaytgani e’lon qilindi

20:55 / 09.04.2025
Microsoft dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi

17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot

17:43 / 22.03.2025