Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston G‘azo sektorida otashkesimga chaqiruvchi BMT rezolyutsiyasini yana yoqlab ovoz berdi
BMT Bosh Assambleyasi favqulodda sessiyada G‘azo sektorida gumanitar sabablarga ko‘ra zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi.
Foto: UN Photo
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 13 dekabr kuni favqulodda sessiya o‘tkazib, Isroil-Falastin o‘rtasidagi mojaro va G‘azo sektorida davom etayotgan inqiroz masalalarini ko‘rib chiqdi.
A’zo davlatlar «zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish», garovga olinganlarning barchasini zudlik bilan va so‘zsiz ozod etish va «gumanitar yordamga kirishini ta’minlash»ni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi.
«Fuqarolarni himoya qilish, huquqiy va gumanitar majburiyatlarni bajarish» rezolyutsiyasi ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilindi: 153 mamlakat uni yoqladi, 10 mamlakat qarshi bo‘ldi, 23 mamlakat betaraf qoldi.
Yoqlab ovoz bergan mamlakatlar orasida O‘zbekiston ham bor.
Qarshi ovoz berganlar: AQSh, Isroil, Avstriya, Chexiya, Gvatemala, Liberiya, Mikroneziya, Nauru, Papua-Yangi Gvineya va Paragvay.
Betaraf qolganlar orasida Buyuk Britaniya, Germaniya, Vengriya, Italiya, Argentina, Malavi, Niderlandiya, Ukraina, Janubiy Sudan va Urugvay ham bor.
Rezolyutsiyada, shuningdek, Bosh Assambleyaning barcha tomonlar xalqaro huquq, jumladan, xalqaro gumanitar huquq doirasida «ayniqsa, tinch aholini himoya qilish bo‘yicha» o‘z majburiyatlariga rioya qilish talabi yana bir bor tasdiqlandi.
Shu bilan birga, zo‘ravonlikka HAMAS tashkilotining xatti-harakatlari sabab bo‘lgani haqidagi Avstriya taklif qilgan tuzatish, 7 oktyabr kuni HAMAS tomonidan terrorchilik harakati amalga oshirilgani haqidagi AQSh tomonidan taklif etilgan tuzatish yetarli ovoz to‘plamadi.
BMT Bosh Assambleyasi G‘azo sektorida «urushni tugatish»ga xizmat qiluvchi «o‘t ochishni to‘xtatish»ga chorlovchi rezolyutsiyani 28 oktyabr kuni ham qabul qilgan, uni O‘zbekiston ham qo‘llab-quvvatlagan edi.
Mavzuga oid
17:48 / 11.03.2026
BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan Xalqaro qahva kunini ta’sis etdi
13:36 / 10.03.2026
AQSh BMTning Afg‘onistonga yordamini qayta ko‘rib chiqishga erishmoqchi
10:17 / 09.03.2026
Isroil yana G‘azoni o‘qqa tutdi: 6 nafar falastinlik halok bo‘ldi
15:11 / 05.03.2026