Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda 10 million gektar yer davlat mulkiga qaytarildi
Foydalanilmayotgan va qonunni buzgan holda berilgan 10 million gektar qishloq xo‘jaligi yerlari davlat mulkiga qaytarildi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev topshirig‘iga ko‘ra tuzilgan maxsus davlat komissiyasi 10 million gektar yerni davlat tasarrufiga qaytardi. Bu haqda bosh vazir Alixon Smailov xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qonunga zid ravishda berilgan va foydalanilmayotgan yerlar yana davlat mulkiga aylantirilgan.
«Amalga oshirilgan ishlar natijasida qonunga zid ravishda berilgan, foydalanilmayotgan 10 million gektar qishloq xo‘jaligi yerlari davlat mulkiga qaytarildi. Shuningdek, yaylov yerlari yetishmasligi masalasining dolzarbligini inobatga olgan holda, qaytarilgan yerlar birinchi navbatda fermerlar ehtiyojiga berilmoqda», dedi u.
Smailovning qayd qilishicha, «Jyer amanati» komissiyasi qaytarilgan yerlarning takroran taqsimlanishini nazorat qilish bilan shug‘ullanadi. Yerlarni xalq o‘rtasida yanada adolatli taqsimlash masalalari Qozog‘iston hukumatining alohida nazoratida bo‘lishi ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
20:32 / 12.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida yagona markazlashgan tizim yaratiladi
10:45 / 12.05.2026
Fermerlar uchun dizel yonilg‘isi bo‘yicha subsidiya joriy etildi
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
22:20 / 09.05.2026