Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda Isroil razvedkasi uchun ishlaganlikda ayblangan shaxs qatl etildi
U «Mossad» bilan hamkorlik qilganlikda ayblandi.
Eron hukumati Isroil razvedkasi «Mossad» manfaati uchun ishlaganlikda aybdor deb topilgan shaxsni qatl qildi, deb xabar berdi Tasnim. Nashrning yozishicha, erkak boshqa xorijiy razvedka xizmatlari bilan ham hamkorlik qilgan.
Eron tergovi aniqlaganidek, ismi-sharifi oshkor etilmagan shaxs Isroil razvedkasi uchun maxfiy ma’lumotlarni to‘plash va uzatishda vositachilar orqali ishtirok etgan. Sud tergovchilarning dalillarini qabul qilib, ayblanuvchini osish orqali o‘lim jazosiga hukm qildi. Eronning IRNA nashri aniqlik kiritishicha, sudlanuvchi va uning advokati hukm ustidan shikoyat qilishga uringan.
Hukm mamlakat janubi-sharqidagi Seyiston va Balujiston viloyatida joylashgan Zohidon qamoqxonasida ijro etilgan.
So‘nggi bir necha yil ichida Eron rasmiylari Isroilni mamlakatda yashirin amaliyotlar o‘tkazishda ayblab keladi. 2022 yil dekabrida xuddi shunday ayblovlar bilan to‘rt kishi qatl qilingan edi.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
08:33 / 02.07.2026
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi
22:59 / 30.06.2026