Qozog‘iston hukumati «Tolibon»ni mamlakatda taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan olib tashladi
Qozog‘iston va «Tolibon» o‘rtasidagi siyosiy aloqalar masalasida Ostona BMT Xavfsizlik Kengashi va Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan qaror va rezolyutsiyalarga qat’iy amal qilishi ta’kidlanmoqda.

Foto: AFP
Qozog‘iston hukumati Afg‘onistonning «Tolibon» harakatini mamlakatda taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Oybek Smadiyarov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan terrorchi deb tan olingan tashkilotlar ro‘yxatida «Tolibon» harakatining yo‘qligi bilan izohlanadi.
«Qozog‘iston taqiqlangan terroristik tashkilotlarning milliy ro‘yxatini yangilash maqsadida muntazam ravishda audit o‘tkazadi. Ushbu jarayon doirasida BMT amaliyotiga ko‘ra, «Tolibon»ni undan chiqarib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shunday qilib, BMT Xavfsizlik Kengashining majburiy bo‘lgan rezolyutsiyalariga ko‘ra, «Tolibon» harakati BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan terrorchi deb tan olingan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilmagan», deb tushuntirdi TIV vakili.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Qozog‘iston va «Tolibon» o‘rtasidagi siyosiy aloqalar masalasida Ostona Xavfsizlik Kengashi va BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan qaror va rezolyutsiyalarga qat’iy amal qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, BMT Xavfsizlik Kengashi «Tolibon»ni 2003 yilda terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan. Shuningdek, 1999 yildan beri ushbu harakat vakillariga nisbatan sanksiyalar qo‘llaydi. BMT tomonidan «Tolibon»ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilgani yoki sanksiyalar olib tashlangani haqida xabar berilmagan.
2005 yilda «Tolibon» Qozog‘iston Oliy sudi tomonidan terrorchi tashkilot deb tan olingan edi.
2021 yil avgust oyida AQSh harbiylari Afg‘onistonni tark etgach, «Tolibon» mamlakatda hokimiyatni qo‘lga oldi va shundan beri dunyo tomonidan tan olinishiga urinib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonlik agronomlar Italiya ilmiy markazlarida amaliyot o‘taydi
O‘zbekiston | 09:48
-
Ekzitpol: Polsha saylovlarida konservator Navrotskiy yetakchilik qilmoqda
Jahon | 09:30
-
O‘zbekistonda 2030 yilgacha yashillik darajasi 30 foizga yetkaziladi
O‘zbekiston | 09:10
-
Zelenskiy Rossiya aerodromlariga hujumda qatnashganlarga minnatdorchilik bildirdi
Jahon | 08:51
Mavzuga oid

17:32 / 31.05.2025
Samarqandda avtomobillarda drift qilgan xorijliklar uzr so‘radi

16:38 / 31.05.2025
2029 yilda lavozimimni tark etaman – To‘qayev

20:50 / 30.05.2025
Prezident global siyosiy jarayonlar sharoitida Italiya bilan muloqot maydonini yaratish nihoyatda zarurligini ta’kidladi

16:38 / 30.05.2025