Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 13 smartfonlar seriyasini taqdim etdi
Yangi qurilmalarning narxi 180 dollardan boshlanadi, flagman model esa kamida 400 dollar turadi.

Foto: Xiaomi
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi global bozor uchun mo‘ljallangan Redmi Note 13 smartfonlar oilasini taqdim etdi. Bu qatorga asosiy Redmi Note 13 va Redmi Note 13 5G, shuningdek, Redmi Note 13 Pro, Redmi Note 13 Pro 5G va Redmi Note 13 Pro+ 5G versiyalari kirdi.
Redmi Note 13 va Redmi Note 13 5G mos ravishda Qualcomm Snapdragon 685 va MediaTek Dimensity 6080 chiplarini oldi, ular 6 yoki 8 Gb operativ xotira va 128 yoki 256 Gb ichki xotira bilan birlashtirilgan, ikkinchisini xotira kartalari orqali 1 Tb gacha oshirish mumkin. Ikkala smartfon ham bir xil 6,6 dyuymli OLED, Full HD+ rejimli va 120 GGs yangilanish tezligiga ega ekran bilan ta’minlangan.
Qurilmalar 16 megapikselli old kameraga, shuningdek, 108 megapikselli asosiy obektivga, 8 megapikselli ultra keng burchakli obektivga va 2 megapikselli makro obektivga ega. 5000 mA•s batareya 33 Vt quvvatga ega. Shuningdek, IP54 standarti bo‘yicha chang va namlikdan himoyalangan.
Redmi Note 13 Pro, Redmi Note 13 Pro 5G va Redmi Note 13 Pro+ 5G ham asosan chiplarda farqlanadi - yangi mahsulotlar MediaTek Helio G99, Qualcomm Snapdragon 7s Gen 2 va MediaTek Dimensity 7200 Ultra protsessorlari, 8 yoki 12 Gb operativ xotira, 256 yoki 512 Gb ichki xotira bilan birlashtirilgan. Smartfonlar bir xil 6,6 dyuymli AMOLED ekranlarni, shuningdek, 5000 mA•s batareya (Note 13 Pro) va 67 Vt quvvatga ega 5100 mA•s akkumulyatorni (Note 13 Pro 5G) va Note 13 Pro+ 5G uchun 120 Vt quvvatga ega 5000 mA•s batareyani oldi. Barcha qurilmalarda 16 megapikselli old kamera, 200 megapikselli asosiy linza, 8 megapikselli ultra keng burchakli va 2 megapikselli makro linzalar mavjud. Redmi Note 13 Pro va Redmi Note 13 Pro 5G chang va namlikdan IP54 himoyasiga ega, Redmi Note 13 Pro+ 5G esa IP68 standartiga muvofiq himoyalangan.
Smartfonlar bozorga xususiy MIUI qobig‘iga ega Android operatsion tizimi bilan kiradi, biroq keyinchalik bir qator modellar yangi Xiaomi HyperOS operatsion tizimini oladi. Yangi qurilmalarning narxi Redmi Note 13 asosiy modeli uchun 180 dollardan boshlanadi, Redmi Note 13 Pro+ 5G flagmani esa kamida 400 dollar turadi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Londonda Ukrainaning Yevropa davlatlari bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi
Jahon | 21:50
-
Baykalortida o‘rmon yong‘inlari sabab federal darajadagi favqulodda holat rejimi joriy etildi
Jahon | 21:49
-
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29
-
Erdo‘g‘an: AFAD va SSV bo‘linmalari jangovar shay holatga keltirildi
Jahon | 21:05
Mavzuga oid

09:03 / 21.04.2025
iPhone 17 Pro g‘ilofi suratlari smartfon kamerasi dizaynini oshkor qildi

20:48 / 16.04.2025
Rossiyada dirijabllar davri qaytgani e’lon qilindi

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025