Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatida chorvachilik va naslchilik ishlari tubdan takomillashtiriladi
Foto: KUN.UZ
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyatida chorvachilik va naslchilik ishlarini tubdan takomillashtirish, tarmoq faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, Respublika “Naslxizmat” uyushmasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Farg‘ona viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi huzurida chorvachilik, naslchilik, sun'iy urug‘lantirishni rivojlantirish bo‘yicha Farg‘ona viloyati “Chorvanaslxizmat” markazi va uning tuman bo‘linmalarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:
viloyatda shaxsiy yordamchi dehqon fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini sun'iy urug‘lantirish, seleksiya-naslchilik ishlarini tashkil etish va rivojlantirish, chorva mollarining sermahsul zotlarini ko‘paytirish bilan shug‘ullanayotgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga naslchilik xo‘jaligi maqomini berish, bekor qilish hamda tayyorlangan naslli mahsulotlarning nasldorligini tasdiqlash;
qishloq xo‘jaligi hayvonlarini zoti bo‘yicha rayonlashtirish, chetdan nasldor mollar, ozuqabop ekinlar urug‘lari, ozuqabop qo‘shimchalar, sun'iy urug‘lantirish asbob-anjomlari, uskunalari, veterinariya dori vositalari importini tashkil etish;
seleksiya-naslchilik sohasi, sun'iy urug‘lantirish va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish, xorijiy investitsiyalar va grant mablag‘larini jalb qilish.
Davlat veterinariya qo‘mitasining Farg‘ona viloyati veterinariya boshqarmasi tizimidagi mavjud sun'iy urug‘lantirish asbob-anjomlarni hamda Sosud Dyuar idishlarini belgilangan tartibda Markaz va uning hududiy bo‘linmalari balansiga beg‘araz berish hamda “Farg‘onaazot” AJ viloyatdagi sun'iy urug‘lantirish shoxobchalariga suyuq azotni bepul berish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanadi.
Belgilanishicha, 2019 yil 1 yanvardan e'tiboran viloyatda:
chorvachilik subektlaridagi mavjud chorva mollari soni ajratilgan yer maydonidan kamligi aniqlanganda yer maydoni belgilangan tartibda tuman yer zaxirasiga qaytarib olinadi va ushbu fermer xo‘jaligi bilan yer ijara shartnomasi bekor qilinadi;
chorvachilik xo‘jaliklarining yerlariga paxta ekini joylashtirmaslik yuzasidan mas'uliyat shaxsan tuman hokimiga yuklatiladi;
chorvachilik xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarib, sotilgan mahsulotlar uchun to‘lovlar faqat pul o‘tkazish, naqd pullarni bank orqali kirim qilish yoki bank plastik kartalari orqali amalga oshirilishi shart;
tuman hokimligi va tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasiga muvofiq, paxta, g‘alla va bog‘dorchilik fermer xo‘jaligiga ijaraga berilgan yer uchastkalarida uchinchi shaxs tomonidan chorva ozuqa mahsulotlari yetishtirish uchun pudrat shartnomasi tuzilishiga ruxsat beriladi;
chorva mollari bosh soni 50 shartli bosh va undan ziyod bo‘lgan chorvachilik ixtisoslashgan xo‘jaliklarda alohida shtat asosida veterinariya vrachi va zootexnik mutaxassislarning faoliyat yuritishi yo‘lga qo‘yiladi;
qoramolchilik yo‘nalishidagi xo‘jaliklar (bo‘rdoqichilik xo‘jaliklari bundan mustasno) hamda aholi qaramog‘idagi sigirlar Markaz tomonidan ishlab chiqilgan seleksiya rejasiga asosan mazkur hudud uchun biriktirilgan zotdagi nasldor buqalarning muzlatilgan urug‘i bilan sun'iy urug‘lantiriladi;
chorvachilik sub'yektlariga tashkil etilganidan boshlab 2 yil muddatda zaruriy qishloq xo‘jaligi texnikalari parkini shakllantirish, ozuqa tayyorlash va maydalash uskunalarini o‘rnatish majburiyati yuklanadi;
tuman hokimligi va tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tomonidan har yili 1 dekabrgacha Markaz bilan kelishilgan holda viloyat hokimligiga fermer xo‘jaliklari bo‘yicha kelgusi yil uchun ozuqa ekinlarini joylashtirish rejasi to‘g‘risida qarori taqdim etiladi.
Mavzuga oid
19:50 / 12.01.2026
Farg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
17:20 / 07.01.2026
Farg‘onada o‘qituvchilarni tun-u kun navbatchilikka majburlagan topshiriq vazirlikdan tushgani ma’lum bo‘ldi
20:40 / 06.01.2026
Farg‘onada tadbirkorlarga nisbatan chiqarilgan noqonuniy ma’muriy qarorlar bekor qilindi
22:32 / 23.12.2025