O‘zbekiston | 16:02 / 20.05.2018
24378
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda beshta sobiq masjid binosidan boshqa maqsadda foydalanish taklif etilmoqda

Illyustrativ foto/Sputnik

Namangan viloyatida ijaraga berishga mo‘ljallangan foydalanilmay bo‘sh turgan noturar joylar qatorida beshta sobiq masjid binosi ham ko‘rsatilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, 2018 yil 17 may kungi holat bo‘yicha Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida joylashgan beshta, jumladan, “Obodon”, “Ozod”, “Navbahor-1”, “Sohibkor” va “Uzunqishloq” mahalla fuqarolar yig‘inlarida joylashgan sobiq masjid binosi deb ko‘rsatilgan noturar joy obektlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish taklif etilmoqda. 

Kosonsoy tuman hokimligi balansida qayd etilgan sobiq masjid binolaridan ishlab chiqarish, jismoniy tarbiya va sport to‘garagi, savdo do‘koni va xizmat ko‘rsatish shoxobchasi sifatida foydalanish taklif etilgan.

Qo‘mita xabarida ko‘rsatilgan masjidlarning hozirgi faoliyati yoxud qisman foydalanishga topshirilayotgan binolar haqida to‘liq ma'lumot yo‘q.

Mavzuga oid