O‘zbekiston | 04:00 / 02.04.2022
8492
1 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz barchani muqaddas Ramazoni sharif bilan qutlaydi

Foto: KUN.UZ

Kun.uz jamoasi jumla mo‘min-musulmonlarni eng qutlug‘, eng fazilatli oy – Ramazon kirib kelgani bilan qutlaydi.

Har bir daqiqasi o‘zgacha shukuh va botiniy quvonch bag‘ishlovchi, qalbga orom va taskin beruvchi Oylar sultoniga yetkazgani uchun Allohga behisob shukrlar bo‘lsin.

Tavbalar qabul qilinadigan, xayrli amallar uchun ajr-savob ko‘paytirib beriladigan, shaytonlar zanjirband bo‘ladigan Mohi Ramazonda barchamizga ko‘proq yaxshi amallar qilish, gunohlarimizdan poklanish nasib etsin.

Muborak oydagi ibodatlarimiz qalblarimizdan g‘uborlarni yuvib ketsin, ezgu duolarimiz ijobat bo‘lsin. Alloh taolo O‘zbekistonimizdagi tinchlikni abadiy qilsin, xalqimizga yanada baraka va farovonlik ato etsin. Dunyodagi notinchliklar barham topib, omonlik va taraqqiyot bardavom bo‘lsin.

Kirib kelgan Qur’on va rahmat oyi barchamizga qutlug‘ bo‘lsin!

Mavzuga oid