Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda mudhish YTH: bir kishi halok bo‘lib, ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan
Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu hodisa oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan haqida xabar tarqalgandi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmati bu ma’lumotni rad etdi.
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida sodir bo‘lgan avtohalokatda 9 kishi halok bo‘ldi, ikki bola tirik qoldi degan xabarlar tarqaldi. Ammo viloyat IIB YHXB axborot xizmati bu ma’lumotlarni rad etdi va voqea bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, hodisa 2025 yil 7 noyabr kuni soat 17:20 larda M-39 “Toshkent-Termiz” avtomagistral yo‘lining 1257-kilometrida Nexia-2 va Cobalt avtomashinalari ishtirokida sodir bo‘lgan.
Rasmiy bayonotda ta’kidlanishicha, avtohalokat oqibatida bir nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Yana ikki kishi tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan G‘uzor tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini tekshirilmagan va asoslanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi.
Mavzuga oid
14:00 / 15.12.2025
Samarqand darvoza-Qoratosh chorrahasida Lacetti piyodani urib yubordi
19:44 / 13.12.2025
Yangiyo‘lda yuk mashinasi avtobus bilan to‘qnashdi
13:01 / 11.12.2025
Jizzaxda Nexia yuk mashinasi bilan to‘qnashdi, haydovchi halok bo‘ldi
09:11 / 10.12.2025