Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda haydovchi odam urib qochib ketdi. Jabrlanuvchi vafot etdi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Piyodani urib qochib ketgan haydovchi ushlangan.
Foto: Videodan kadr
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida Lacetti mashinasi haydovchisi odam urib yuborib, qochib ketgan.
Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2023 yil 12 fevral kuni soat 20:30 larda Yakkabog‘-Chiroqchi-Sho‘rbozor avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, Yakkabog‘ tumani Cho‘mich mahallasi hududida fuqarolardan biri yo‘l chetida yotgan odamga ko‘zi tushgan va darhol IIB va tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilgan.
Soha vakillari tekshirib ko‘rishganda yo‘l chetidagi odamni mashina urib yuborgani va oqibatda u vafot etgani ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng tezda piyodani urib qochib ketgan mashinaga qidiruv e’lon qilingan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv davomida fuqaroni Yakkabog‘ tumanida yashovchi 27 yoshli yigit o‘ziga tegishli bo‘lgan Lacetti mashinasi bilan urib yuborgani aniqlangan va u qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:14 / 28.12.2025
Qashqadaryodagi dahshatli avtobus halokati, 26 qurbon va 2 ming so‘m “pora” – sudlangan IIB xodimi 16 yildan so‘ng oqlandi
19:11 / 16.12.2025
Yandex Go haydovchilarining boykotga chorlovlari muvaffaqiyatsiz bo‘ldi
11:00 / 11.12.2025
Inson organlari savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhga hukm o‘qildi
12:56 / 01.12.2025