Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand va Qashqadaryodagi tarixiy obidalar QR-kodlar bilan ta'minlanmoqda
Foto: uzbektourism.uz
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi sayyohlik obektlari QR-kodlar bilan ta'minlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi madaniy meros obektlari va davlat muzeylarida smart-texnologiyalar konsepsiyasini joriy qilish maqsadida AT-kompaniyalari bilan faol hamkorlik qilmoqda.
VERUM QR loyihasi doirasida Samarqand va Shahrisabz sayyohlik sanoatining tarixiy obidalari, mehmonxonalari, restoran va boshqa obektlari QR-kodlar bilan ta'minlandi.


Test rejimining birinchi bosqichida QR-kodlar Qashqadaryoning faqat Shahrisabz shahrida o‘rnatildi. 1 aprelga qadar viloyatning barcha turistik obektlarida shunday kodlarni o‘rnatish rejalashtirilgan.
Bundan avval Xivadagi aksariyat tarixiy obidalar, shuningdek Buxoroning 50 ga yaqin obekti QR-kod bilan jihozlangan edi.


Ta'kidlash joizki, bu kodlar sayyohalarga bir necha soniya ichida smartfonlarda tarixiy obekt haqida ma'lumot olish, shuningdek yaqin orada joylashgan mehmonxonalar, restoranlar va boshqa maskanlar haqida xabar topish imkonini beradi. Ma'lumotlar 12 tilda taqdim etiladi.
VERUM QR loyihasi xalqaro turistik bozorda O‘zbekistonning SMART-turizm va IT-texnologiyalarnai qo‘llashga doir imidjini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Mavzuga oid
08:50 / 18.12.2025
Toshkent, Samarqand va Gulistonda 3 nafar advokatning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi
14:05 / 17.12.2025
Toshkent–Samarqand yangi temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslari tayyor bo‘ldi
11:51 / 17.12.2025
Davlat xizmatlari sifati QR-kod orqali baholanadi
08:00 / 16.12.2025