Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vodiy viloyatlaridagi gaz zapravkalar ikki kunga gazdan uziladi
Farg‘ona vodiysining tog‘li hududidan o‘tuvchi qismida qo‘shimcha magistral gaz quvuri qurildi: 5-6 sentabr kunlari yangi quvurni tarmoqqa ulash ishlari olib boriladi.
Foto: Energetika vazirligi
Iste’molchilarning tabiiy gaz ta’minoti ishonchliligini oshirish maqsadida davlat dasturlari doirasida magistral gaz tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Farg‘ona vodiysi iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvurining tog‘li hududdan o‘tuvchi qismida qariyb 22 km qo‘shimcha quvur qurilishi yakuniga yetkazildi.
Mazkur quvurning ishga tushirilishi vodiy viloyatlari iste’molchilarining tabiiy gaz ta’minoti ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu yangi quvurni tarmoqqa ulash bo‘yicha montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan 2025 yil 5 sentabr kuni soat 12:00 dan boshlab 36 soat davomida “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvuri orqali tabiiy gaz uzatish vaqtincha to‘xtatiladi.
Mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda ta’mirlash ishlari vaqtida (5-6 sentabr kunlari) Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) hamda yirik iste’molchilarning gaz ta’minotiga vaqtincha cheklov kiritiladi.
Shuni hisobga olgan holda vodiy viloyatlari iste’molchilari uchun avtobenzin yonilg‘isining sotuvga chiqarish hajmi oshiriladi.
Ma’lumot uchun: ushbu qurilish-montaj ishlari davomida aholi iste’molchilarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘riladi.
Mavzuga oid
19:42 / 21.12.2025
Farg‘onada jamoat tartibini buzgan ayollar ma’muriy javobgarlikka tortildi
11:00 / 11.12.2025
Inson organlari savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhga hukm o‘qildi
08:22 / 05.12.2025
Farg‘ona va Namanganda yer uchun pora olgan hokim yordamchilari ushlandi
14:10 / 02.12.2025