Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Humo» o‘z arenasida «Dinamo Tver»ga qarshi xayriya o‘yini o‘tkazadi
5 fevral, chorshanba kuni Toshkentdagi «Humo» arenasida «Humo» xokkey klubi Tverning «Dinamo» jamoasiga qarshi xayriya o‘yini o‘tkazadi.
Chiptalar sotuvidan yig‘ilgan barcha mablag‘lar «Ezgu amal» fondiga xayriya sifatida o‘tkazib beriladi.
Fond onkologik va qon kasalligiga chalingan bolalarga yordam berish maqsadida ko‘ngillilar tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, hozirgacha 150dan ortiq bemorlarga qimmat dorilarni xarid qilish va tibbiyot muolajalarini olishiga ko‘mak ko‘rsatgan.
Uchrashuv uchun chiptalarni quyidagi havola orqali yoki iTicket kassalaridan harid qilish mumkin.
O‘yin kuni, shuningdek, O‘zbekiston xokkeyi tarixida ilk marta o‘yinchoq ayiqchalar tashlanish marosimi ham o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, «Humo» klubi yaqin kunlarda doimiy chempionatning joriy mavsumidagi yakuniy uy o‘yinlarini o‘tkazadi.
1 fevral, shanba kuni soat 17:00da Sankt-Peterburgning «Dinamo» jamoasi «Humo» arenasida mehmon bo‘ladi.
3 fevral, dushanba soat 19:00da esa Piterning boshqa bir klubi – «SKA-Neva» jamoasi bilan bahs o‘tkaziladi.
Qayd etish kerak, har ikkala raqib ham konferensiya ichida yetakchilik uchun harakat qilmoqda.