Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
Toshkent shahri hokimi poytaxtda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish uchun 2 milliard 44 million so‘m ajratish to‘g‘risida qaror imzoladi.
Foto: Kun.uz
Mablag‘lar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash ishlari bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish uchun tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga asosan Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tuman Obodonlashtirish boshqarmalariga ajratiladi.
Mablag‘ning 1 milliard 460 million so‘mi piyodalar bo‘yicha yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida ko‘cha va yo‘llar bo‘ylab temir panjara o‘rnatish uchun, 588 million so‘mi esa voyaga yetmaganlar o‘rtasida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida qavariq piyodalar o‘tish joylarini tashkil qilish uchun sarflanadi.
Hujjatga ko‘ra, yo‘llar bo‘ylab jami 5600 metrlik panjaralar o‘rnatiladi. Qavariq piyodalar o‘tish joylari shaharning 42 ta joyida tashkil etiladi. Olmazor tumanida 6 ta, Shayxontohur, Yunusobod, Sergeli, Mirobod tumanlarida 5 tadan, Bektemir tumanida 4 ta, Yashnobod va Chilonzor tumanlarida 3 tadan, Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy va Yangihayot tumanlarida esa 2 tadan qavariq piyodalar o‘tish joylari tashkil etiladi.
Mavzuga oid
11:28 / 15.12.2025
Toshkentda qutqaruvchilar shifoxonadan qaytgan fuqaroni uyiga olib chiqishga yordam berdi
08:23 / 12.12.2025
Toshkentda katta miqdorda psixotrop dorilarni saqlagan ikki nafar ayol qo‘lga olindi
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
08:48 / 11.12.2025