Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda tarvuz eksporti boshlandi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi "Gissar Effect" MChJda bu yil dehqonchilik yumushlariga erta kirishilgan edi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.
Bildirilishicha, dekabr oyida bir gektar yer maydoniga maxsus tayyorlangan issiqxonada urug‘lar qadalib, may oyida birinchi hosilda 4 tonnadan ziyod tarvuz yig‘ishtirib olindi.
Qayd etilishicha, tarvuzlar mashinalarga yuklanib, Qozog‘iston mamlakatiga eksport qilindi. Kelgusida 20 tonnagacha hosil olish mo‘ljallanmoqda.
- Viloyatimiz eksport salohiyatini oshirish maqsadida bojxona postimiz tomonidan har kuni 24 soat davomida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirib kelmoqdamiz, – deydi “Kitob” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshlig‘i Botir Javliyev. – Bu tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish bilan birga, viloyat eksport hajmini oshirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
10:41 / 16.01.2026
O‘zbekiston olmasi eksportida asosiy ulush ikki davlat hissasiga to‘g‘ri keldi
12:34 / 15.01.2026
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Iroqqa eksport qilinadi
14:00 / 05.01.2026
Suriyaga o‘zbek mahsulotlarini eksport qilish boshlanadi
11:30 / 05.01.2026