Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
Furqat tumanida harakatlanib borayotgan Damas rusumli avtomobil haydovchisi oraliq masofani saqlay olmasdan yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Foto: Videodan kadr
Farg‘ona viloyati, Furqat tumanida sodir bo‘lgan avtofalokat fojia bilan yakunlandi. Bu haqda Renessans TV telekanalining «Ovoza» dasturida ma’lum qilindi.
Qayd qilinishicha, Furqat tumanida harakatlanib borayotgan Damas rusumli avtomobil haydovchisi oraliq masofani saqlay olmasdan yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. YTH oqibatida Damas avtomobiliga jiddiy zarar yetgan. Shuningdek, avtomashina ichida bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchilar tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.
Shifokor so‘zlariga ko‘ra, shifoxonaga 2 murda bilan bir bemor keltirilgan. Hozir bemorning ahvoli og‘ir ekani, u Qo‘qonga, reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgani aytilgan.
Hozir holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 07.02.2026
Farg‘onada nohaq ayblanib qamalgan bojxona inspektori 15 yildan so‘ng oqlandi
14:35 / 05.02.2026
Farg‘ona va Quvasoyda 175 mln dollarlik agrologistika markazlari quriladi
14:02 / 05.02.2026
Farg‘onada 4,2 mlrd dollarlik loyihalar ishga tushiriladi
18:19 / 04.02.2026