Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda yuk mashinasi haydovchisi uch kishini urib yuborib qochib ketdi. Ikki kishi halok bo‘ldi
Captiva haydovchisi va uning ikki yo‘lovchisi yo‘l chetida to‘xtab mashinaga yonilg‘i quyayotganda yuk mashinasi ularni urib o‘tib ketgan. Hodisa joyidan qochib ketgan haydovchi Sirdaryo viloyatida ushlangan.
Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyatida haydovchi yuk mashinasi bilan yo‘l chetida turgan uch kishini urib yuborib qochib ketdi.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 7 oktyabr kuni Boysun tumani hududida sodir bo‘lgan.
Captiva haydovchisi va uning ikki nafar yo‘lovchisi M-39 avtomobil yo‘lining Boysun tumani hududidan o‘tgan qismida yo‘l chetida to‘xtab mashinaga yonilg‘i quyayotganda noma’lum transport ularni urib yuborib, qochib ketgan.
Oqibatda, og‘ir tan jarohatlari olgan haydovchi va bir nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Ikkinchi yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.
Surishtiruvlar davomida Captiva haydovchisi va yo‘lovchilarini Isuzu yuk mashinasi urib ketgani, haydovchi hodisa haqida hech kimga xabar bermay voqea joyidan qochib ketgani aniqlangan.
Olib borilgan tezkor choralar natijasida gumondor yuk mashinasi bilan Sirdaryo viloyati hududida harakatlanayotgani aniqlangan. 56 yoshli haydovchi tegishli tartibda ushlanib, Boysun tuman IIBga olib kelingan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondor protsessual tartibda qamoqqa olingan.
Mavzuga oid
16:10 / 27.10.2025
Radarlar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun ham jarima ballari yoziladi
00:58 / 24.10.2025
Andijonda haydovchi uxlab qolishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi
14:19 / 22.10.2025
Mirzo Ulug‘bek tumanida YTH: Nexia-3 va Matiz to‘qnashdi
08:44 / 21.10.2025