Jamiyat | 11:28 / 26.02.2017
20680
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda soliq inspeksiyasi musodara qilgan mol-mulk yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Qashqadaryo viloyatining barcha shahar va tuman markazlarida davlat soliq inspeksiyalari hamda hududiy sud ijro bo‘limlari bilan hamkorlikda soliq qarzdorligi hisobiga musodara qilingan mol-mulklar savdo yarmarkasi tashkil etildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat Davlat soliq boshqarmasi Axborot xizmati «Kun.uz»ga ma'lum qildi.

Unda jami 23 turdagi mol-mulk, jumladan, televizor, muzlatkich, kompyuter, uyali aloqa va avtotransport vositalari, konditsioner, uy-ro‘zg‘or buyumlari, ayollar, erkaklar kiyimlari,  boshqa maishiy jihozlar arzonlashtirilgan narxlarda savdoga qo‘yildi.

Yarmarkalardan tushgan mablag‘ soliq qarzdorligini qoplash uchun yo‘naltiriladi.

Mavzuga oid