Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi ikki barobar oshiriladi
Ayrim hududlardagi gaz zapravkalar ishiga kiritilayotgan cheklov munosabati bilan birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi vaqtinchalik ikki karra oshiriladi.
Foto: Kun.uz
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, buning uchun barcha hududlarda zarur miqdorda zaxiralar yaratilgan.
Talab va taklifga qarab birja savdolariga joylashtirilayotgan avtobenzin hajmini yanada oshirish imkoniyati mavjudligi ma’lum qilinadi.
Iste’molchilarning avtobenzinga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish masalasi davlat nazoratiga olingani aytilgan.
Ta’kidlanishicha, joriy kuz-qish mavsumida mamlakat aholisini avtobenzin bilan zarur miqdorda hamda uzluksiz ta’minlash yuzasidan barcha zaruriy choralar ko‘rilgan.
Vazirlik xususiy avtozapravkalar egalaridan narxlarni sun’iy ravishda oshirmaslikni, avtobenzinni sifat va miqdor jihatidan to‘g‘ri sotishni so‘ragan.
Hozirgi vaqtda ishchi guruhlar tomonidan joylarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Narxlarning asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, deyiladi ma’lumotda.
Bundan oldin O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyatiga cheklovlar kiritilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:14 / 04.12.2025
AYoQShda neft mahsulotlari sifati ustidan nazorat kuchaytirildi
17:20 / 22.11.2025
Prezident Toshkent havosini yaxshilash choralarini tasdiqladi
16:18 / 15.10.2025
Feodosiyadagi neft bazasi uchinchi kundirki yonmoqda. Bu haqda nimalar ma’lum?
18:21 / 12.10.2025