Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Microsoft kompaniyasi mutaxassislari dars o‘tadi
Bugun, 8 fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun Microsoft kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida «Kodlash soati» (“Hour of code”) nomli ochiq dars o‘tkazilgan. Bu haqda ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabi axborot xizmat Kun.uz’ga ma'lum qildi.


Bir soatlik dars davomida o‘quvchilar mantiqqa asoslangan buyruq bloklaridan foydalanib turli dasturlarni qurishdi, shuningdek, Scratch dasturida o‘z malakalarini oshirdi, deyiladi xabarda.
Ochiq darsda maktabning 200ga o‘quvchisi ishtirok etgan.

Dars yakunida Microsoft kompaniyasi va ixtisoslashtirilgan maktab o‘rtasida hamkorlik memorandumi ham imzolangan. Unga ko‘ra, endilikda kompaniya mutaxassislari har oyda bir marta maktab o‘quvchilari uchun ochiq dars o‘tib berishadi. Bu orqali o‘quvchilar dasturlash sohasidagi so‘nggi yangiliklardan ham xabardor bo‘lib borishadi.


Ma'lumot uchun, «Hour of code» - bu tarixdagi eng yirik o‘quv tadbiri hisoblanadi. Bir soatlik dars shaklida tashkil qilinadigan bu tadbir dasturlashning murakkabligi haqidagi afsonalarni yo‘q qiladi, shuningdek, har bir inson dasturlash asoslarini o‘rganishi mumkinligini namoyish etish uchun mo‘ljallangan.
2019 yilda butun dunyo bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan shu kabi darslar soni 140 mingdan ortiqni tashkil qiladi. 910 milliondan ortiq o‘quvchilar esa ushbu tizim aosida dars o‘tishadi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2017 yil 14 sentyabrda prezident qarori bilan Toshkentda shahrida tashkil etilgan. 2019 yil dekabr oyida ushbu maktab binosi foydalanishga topshirilgan.
Mavzuga oid
18:55 / 14.10.2025
Microsoft kompaniyasi Windows 10 tizimini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi
20:59 / 26.09.2025
Microsoft Isroildagi falastinliklarni kuzatish uchun foydalanilgan xizmatlarni blokladi
07:09 / 04.08.2025
Rossiyalik hakerlar o‘zini "Kasperskiy laboratoriyasi" sifatida ko‘rsatgan
08:40 / 23.07.2025