Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniyat muassasalari xodimlariga ish haqi yangilangan miqdorda to‘lanadi
Foto: KUN.UZ
“Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilganligi munosabati bilan, mazkur hujjatda qayd etilgan davlat madaniyat muassasalari xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari qayta hisoblab chiqildi va 2019 yil 1 avgustdan ularga ish haqi yangilangan miqdorda to‘lanadi.
Ma'lumot uchun, quyidagilar davlat madaniyat muassasalari hisoblanadi:
teatrlar, teatr-studiyalar, sirklar, saroylar, konsert tashkilotlari, shu jumladan, musiqali va raqs jamoalari;
muzeylar, muzey qo‘riqxonalar, uy muzeylar, davlat tarix va madaniyat muzeylari, kartina va fotogalereyalar, ko‘rgazma faoliyati bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar;
ko‘zi ojizlar uchun kutubxonalar va axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari, madaniyat markazlari, shu jumladan, xalq teatrlari, havaskorlik jamoalari;
Madaniyat vazirligining Madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi;
zooparklar, shuningdek, boshqa madaniy-ma'rifiy muassasalar.
Mavzuga oid
19:23 / 15.01.2026
Prezidentga Samarqanddagi loyihalar va Buxoro bosh rejasi taqdim etildi
19:04 / 03.01.2026
Raqs sohasi vakillarining maoshlarini oshirish taklif qilinmoqda
21:29 / 07.08.2025
“Oyligim oshmayapti” - xodim va ish beruvchi orasidagi doimiy muammo
20:56 / 23.07.2025