Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston temir yo‘llari» yangi yo‘nalishlarda poyezdlar qatnovini amalga oshirishni boshladi
15-16 fevral kunlari bir necha yangi yo‘nalishlarda yo‘lovchi poyezdlar qatnovi ilk bor amalga oshirildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan bir qator yangi yo‘nalishlarga poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Jumladan, 2021 yil 15 fevral kuni Toshkent markaziy vokzalidan «Andijon-Nukus-Andijon» yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdi qatnovi ilk bor amalga oshirildi.
16 fevraldan esa «Toshkent-Namangan-Andijon» va «Andijon-Namangan-Toshkent» yo‘nalishidagi 64/63-sonli yo‘lovchi poyezdi o‘z harakatini boshladi.
Ushbu poyezd yo‘nalishi davomida Pop vokzali, Chust, To‘raqo‘rg‘on, Rauston stansiyalari hamda Namangan vokzali, shuningdek, Chortoq, Uychi, Haqqulobod, Poytug‘ stansiyalaridan o‘tib, Andijon vokzaliga kirib boradi.
Bugungi kungacha, «Qo‘qon-Namangan-Qo‘qon» va «Qo‘qon-Marg‘ilon-Andijon» yo‘nalishlarida shaharlararo poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, Farg‘ona vodiysi halqa temir yo‘li bo‘ylab elektropoyezd qatnovi ham yo‘lga qo‘yildi.
Hozirgi kunga qadar Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qon va Pop vokzallari orqali Toshkent, Buxoro, Xiva hamda Termiz shaharlariga yo‘lovchi poyezdlar qatnovi amalga oshirilib kelinayotgan edi.
«Toshkent-Namangan-Andijon» va «Andijon-Namangan-Toshkent» yo‘nalishidagi 64/63-sonli yo‘lovchi poyezdining Namangan vokzali orqali qatnashi Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatlarini o‘zaro bog‘laydi hamda aholiga respublikaning boshqa viloyatlariga temir yo‘l orqali borib kelishlarida juda katta qulaylik yaratadi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:08 / 24.12.2025
Qishki ta’til oldidan qo‘shimcha avia va poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
20:49 / 27.03.2025
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» tanqid ortidan poyezdlarda sanitariya nazorati kuchaytirilishini e’lon qildi
22:20 / 02.12.2024
«Toshkent - Xojikent» yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd qo‘yiladi
18:34 / 07.10.2024