Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport telekanali Amerika Kubogini namoyish etadi
Foto: Getty Images
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Sport telekanali shu yilning 14 iyun – 7 iyul kunlari o‘tkaziladigan Amerika Kubogi musobaqasini namoyish qilish huquqini qo‘lga kiritdi.
Braziliyada bo‘lib o‘tadigan nufuzli musobaqada 12ta terma jamoa ishtirok etadi: Braziliya, Argentina, Boliviya, Venesuela, Kolumbiya, Paragvay, Peru, Urugvay, Chili, Ekvador, Qatar va Yaponiya.
Sport telekanali muxlislari nafaqat futbol o‘yinlari translatsiyasini, balki tahliliy ko‘rsatuvlarni ham tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Eslatib o‘tamiz, Amerika Kubogi so‘nggi bor 2016 yilda o‘tkazilgan va unda Chili terma jamoasi g‘alaba qozongan edi.
Turnirda eng ko‘p g‘alaba qozongan terma jamoa Urugvay hisoblanadi – 15 marta.
Mavzuga oid
09:14 / 15.07.2024
Argentina 16-bor Amerika Kubogida g‘olib bo‘lib, mutlaq rekordchiga aylandi
15:23 / 10.07.2024
Messi gol urdi, Argentina majburiy dasturni bajardi
18:43 / 11.08.2023
Yevrofutbolni qayerda ko‘ramiz? «Sport» telekanali direktori bilan intervyu
16:38 / 12.07.2021