Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huawei Mate 9 olov bilan sinab ko‘rildi
Videoroliklar sayti YouTube’dagi JerryRigEverything sahifasi muallifi yangi Huawei Mate 9 fabletini sinab ko‘rdi. U smartfonni qirilishi, korpusining deformatsiyasi va yong‘inga chidamliligini tekshirgan.
Dastlab bloger maxsus arra tishlari yordamida telefon korpusini qirilishlarga qanchalik chidamli ekanini sinadi. Asosiy kamera va displeyni himoyalovchi shisha qoplama sinovdan a'lo darajada o‘tgan. Ammo, metall korpusning qirilishi juda oson bo‘lsa-da, buni ham kamchilik, deb ko‘rsatish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki, yengil qirilish xususiyati ham materialning o‘ziga xosligi hisoblanadi.
Huawei Mate 9 korpusining deformatsiyasiga doir sinov ancha jiddiy bo‘lgan. Telefon birinchi urinishdan egilgan, displeyi shishadan ajragan, albatta, uni joyiga qo‘yish mumkin bo‘lgan. Displey ham qizdirilgandan so‘ng, yana tiklangan.
Mavzuga oid
12:24 / 19.11.2025
Bozorlarda tijoriy syomka pulli bo‘lgani oddiy vizitorlarga taalluqli emas - hokimlik
09:33 / 19.11.2025
Toshkent bozorlarida tijoriy maqsadda video olish pulli bo‘ldi
23:19 / 30.10.2025
Xitoy tibbiyot va moliya bo‘yicha maslahat beruvchi blogerlarga diplomli bo‘lish talabini qo‘ydi
20:46 / 21.10.2025