Sport | 18:18 / 25.08.2025
5770
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik legioner futbolchilarga maktab va klub ochish uchun yer ajratiladi

Prezident qarori bilan, xorijda faoliyat yuritgan va yuritayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar va boshqa futbol mutaxassislari ishtirokida «Legionerlar klubi» tashkil etiladigan bo‘ldi. Klub a’zolariga o‘z futbol maktabi va futbol klubini tashkil etish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yer ajratiladi.

«O‘zbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida «Legionerlar klubi» faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

«Legionerlar klubi»ga xorijda faoliyat yuritayotgan (yuritgan) o‘zbekistonlik yuqori mahoratli professional futbolchilar va boshqa futbol mutaxassislari jalb qilinadi.

Klub a’zolariga respublikadagi futbol akademiya va maktablari biriktiriladi.

Davlat sport ta’lim tashkilotlarining bo‘sh turgan yer uchastkalari keyinchalik nodavlat futbol ta’lim tashkilotlari va futbol klublarini tashkil etish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida «Legionerlar klubi» a’zolariga ajratiladi.

Mavzuga oid