Jamiyat | 11:46 / 10.04.2018
12660
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekiston Amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi ishga taklif etadi

Foto: Amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.12.2017 yildagi “O‘zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyini tashkil etish to‘g‘risida”gi 1003-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi maxsus hisobdan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishga taklif etadi:

1. Folklor yo‘nalishi;

Epik tur janrlari bo‘yicha:

  • -Xalq qo‘shiqlari (Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va Farg‘ona vodiysi yo‘nalishlaridagi baxshilar);
  • -Xalq dostonlari (Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va Farg‘ona vodiysi yo‘nalishlaridagi baxshilar);
  • -Termalar.
Foto: Amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi

Lirik tur janrlari bo‘yicha:

  • -lirik qo‘shiqlar;
  • -marosim qo‘shiqlari;
  • -laparlar.

2. Milliy musiqiy cholg‘u asboblari

  • -doira;
  • -tanbur;
  • -rubob;
  • -karnay
  • -surnay;
  • -chanqovuz.
Foto: Amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi

3. O‘zbek milliy raqs yo‘nalishi bo‘yicha:

  • -Surxondaryo;
  • -Buxoro;
  • -Farg‘ona;
  • -Xorazm.

4. Dorbozlik san'ati.

5. Qo‘g‘irchoqbozlik.

6. Ingliz, fransuz, nemis tillari bo‘yicha ekskursovodlar.

 

Foto: Amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi

O‘zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi yuqorida keltirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tanlov asosida ishga oladi.

Muzeyda ish vaqti 9.00-18.00 gacha.

Ma'lumot uchun telefonlar: 256-40-42, (+99897) 762-14-05.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid