Sport | 21:34 / 02.04.2018
15634
2 daqiqa o‘qiladi

OChL-2018. «Nasaf» muhim o‘yinda g‘alaba qozona olmadi

Foto: The-afc.com

Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichida 5-tur o‘yinlari boshlandi. 

«Nasaf» o‘z maydonida Eronning «Persepolis» klubini qabul qilib, 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi. Qarshiliklarni bu o‘yinda faqat g‘alaba qoniqtirar edi. Ammo «Nasaf» o‘rtamiyonalarga xos nursiz o‘yin namoyish etib, vazifani uddalamadi.

Ayni paytda, guruhning yana bir o‘yinida «As-Sadd» o‘z maydonida «Al-Vasl»ni (1:0) mag‘lub etmoqda. Agar bu o‘yinda mezbonlar kamida 1 ochkoni qo‘lga kiritsa ham, «Nasaf» muddatidan oldin OChL bilan xayrlashadi.

OChL-2018. «S» guruhi, 5-tur
2 aprel, Qarshi, "Markaziy" stadioni
Nasaf (Qarshi, O‘zbekiston) – Persepolis (Eron) - 0:0

Bosh hakam: Ali Abdulnabi (Bahrayn)
Qanot hakamlari: Muhammad Salmon (Bahrayn), Abdulla Alravoiymi (Bahrayn). Zaxira hakami: Ismoil Habib Ali (Bahrayn)

Nasaf: 35.Sanjar Quvvatov, 6.Azizjon G‘aniyev (17.Doniyor Narzullayev, 77), 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobir Abdixoliqov, 20.Islom Kenjaboyev (69.Dragan Cheran, 62), 22.Igor Golban (s), 27.Islom Rashidxonov, 31.Saydullo Rahmatov, 55.Slavko Lukich, 77.Jasur Hasanov (14.Sharof Muhitdinov, 88), 92.Umarbek Eshmurodov.
Persepolis: 1.Alirizo Beyranvand, 2.Sodih Muharramiy, 4.Said Jalol Husayniy (s), 10.Farshod Axmadzoda, 11.Komil Kamilobiy Ziyo, 13.Husayn Mohiniy, 15.Muhammad Ansoriy, 18.Muhsin Robiy Xon, 19.Vohid Amiriy (69.Ali Muslix Taklimiy, 87), 70.Ali Alipur, 88. Siyomak Ne'matiy (8.Ahmad Nurullohiy, 69).  
Ogohlantirishlar: Azizjon G‘aniyev (76)

Mavzuga oid