Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada maktab direktori o‘quvchi qizni dars vaqtida kaltakladi
Holat Buvayda tumanidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktabda sodir bo‘lgan. Kun.uz'ga kelib tushgan videoga ko‘ra, direktor 7-sinf o‘quvchisidan boshidagi “vandamka”ni yechishni talab qilgan. O‘quvchi bunga bo‘ysunmagach, maktab rahbari uni do‘pposlagan.
Foto: Videodan kadr
Kun.uz'ga Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi maktablardan birida 17 may kuni yuz bergan voqea aks etgan video kelib tushdi. Unda xorijiy tillarga ixtisoslashgan davlat umumta’lim muassasasining 7-sinf o‘quvchisi dars vaqtida maktab direktori tomonidan kaltaklangani ko‘rinadi.
Video davomida dars vaqtida sinfga maktab direktori kirib kelgan va qora ro‘mol (vandamka)da o‘tirgan qizdan bosh kiyimini yechishini talab qilgan, ammo bu talabga bo‘ysunmagach, direktor qizning oldiga borib, uni do‘pposlay ketgan.
Tahririyatga murojaat qilgan qizning otasi vaziyat yuzasidan chora ko‘rilishi kerakligini, o‘quvchi ayni vaqt maktabga chiqishni istamayotganini bildirdi.
Holat Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganilayotgani ma’lum qilindi. Jarayon yakuniga yetgach natijalari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi aytildi.
Mavzuga oid
08:22
Farg‘ona va Namanganda yer uchun pora olgan hokim yordamchilari ushlandi
14:10 / 02.12.2025
“Suv sepish bilan ish bitmaydi” – Farg‘ona havosi hamon o‘ta zararli bo‘lib qolmoqda
21:34 / 30.11.2025
Farg‘onada havo ifloslanishi rekord darajani tashkil etdi
19:56 / 30.11.2025