Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning «Oltin Qiron» ordeni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston prezidenti Qozog‘iston Respublikasining oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Tashrif dasturi doirasida Ostona shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Qozog‘iston Respublikasining «Oltin Qiron» («Oltin burgut») ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qardosh mamlakatning oliy davlat mukofotini O‘zbekiston yetakchisiga prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev tantanali ravishda topshirdi.

Davlat rahbari ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi nomidan samimiy minnatdorlik bildirib, bunday yuksak mukofot ikki xalqning ko‘p asrlik chinakam do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini mustahkamlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarga berilgan baho, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston munosabatlarini yangi tarixiy bosqich - strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga olib chiqish sari mushtarak intilishlarning e’tirofi ekanini ta’kidladi.



«Oltin Qiron» oliy ordeni bilan davlat arboblari Qozog‘iston bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun taqdirlanadi.


Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025