Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“UzTest” davlat korxonasi bosh buxgalteri 2 oy uchun o‘ziga 468 mln so‘m maosh yozgan bo‘lishi mumkin
O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi bosh buxgalteri o‘ziga yanvar oyida 157,6 mln so‘m, fevral oyida 310,8 mln so‘m miqdorida oylik yozgan bo‘lishi mumkin. Markaz matbuot xizmati holat o‘rganilayotganini ma’lum qildi.
Foto: UzTest
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi (“UzTest”) davlat muassasasida bosh buxgalter lavozimida faoliyat yurituvchi Akmal Bakilovning oylik daromadlari bo‘yicha ma’lumot tarqaldi.
Unda, bosh buxgalteri yanvar oyida 157 590 680 so‘m, fevral oyida 310 808 200 so‘m miqdorida maosh olgani ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan “UzTest” rasmiy munosabat bildirdi.
“Hozirgi vaqtda ushbu xabar yuzasidan ishchi guruh tuzilib, xabarning noxolis yoki haqqoniyligini aniqlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qilamiz. O‘rganishlar yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, – deyiladi tashkilot xabarida.
Mavzuga oid
16:11 / 20.08.2025
Soliqchilar aniqlagan xato-kamchiliklar bo‘yicha “amnistiya” e’lon qilindi
20:45 / 08.07.2025
UzTest’da katta o‘g‘rilik: Germaniyadan olib kelingan uskuna tag-tugi bilan yo‘qoldi
20:17 / 02.07.2025
Piskentdagi avtopoligondan navbatsiz sertifikat olingani tasdiqlandi
07:51 / 25.04.2025