Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 oktyabrdan shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi yangi tartibda amalga oshiriladi
“Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi.
2021 yil 1 oktyabrdan shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini amalga oshirishda:
- shaharsozlik hujjatlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali ko‘rib chiqiladi;
- davlat mablag‘lari, davlat kafolatiga olingan tashqi investitsiya mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan ishlarning loyiha hujjatlari “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan ko‘rib chiqiladi;
- boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obektlar loyiha hujjatlari akkreditatsiya qilingan yuridik shaxslar, “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan ko‘rib chiqiladi;
- ijobiy ekspertiza xulosalari “Ekspertiza xulosalarining yagona reyestri”ga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan olinadi;
- ekspertizadan o‘tkazganlik uchun xizmatlar haqini tabaqalashtirilgan tartibda hisoblash tizimi joriy etiladi;
- loyiha hujjatlarini ko‘rib chiquvchi ekspert – mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularni sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta'mirlash bo‘yicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Quyidagi obektlarning loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish majburiy emas:
- mavsumiy ishlar uchun vaqtincha va maishiy binolar;
- 300 kub metrdan ortiq bo‘lmagan alohida qurilayotgan kichik hajmdagi obektlar;
- ikki qavatdan yuqori bo‘lmagan (sokolni hisobga olmagan holda) balandligi yer yuzidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lmagan yakka tartibdagi uy-joylar;
- joriy ta'mirlanadigan binolar, inshootlar.
Mavzuga oid
09:17 / 08.11.2025
Ming dollar evaziga “ekspertiza” va’dasi: inspektor qo‘lga olindi
17:45 / 13.09.2025
«Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi Senatga yuborildi
18:46 / 08.09.2025
O‘zbekiston sud ekspertlari palatasi tashkil etiladi
23:16 / 25.08.2025