Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda O‘zbekistondagi eng yirik issiqxona ishga tushadi
Gold Agro Fresh agrofirmasi Surxondaryo viloyatida narxi 35 million dollarlik yirik issiqxonani ishga tushiradi.
Bu yerda mingdan ziyod ish o‘rni tashkillashtiriladi va har yili 30 mln. dollarlik mahsulot eksport qilinadi.
Ayni damda bu yerda sinov tariqasida 20 gektar maydonda 15ta blok ishga tushirilgan. Bloklarda pomidorning talab katta bo‘lgan navi, gulkaram, brokolli va yalpiz yetishtirilmoqda. Issiqxonaning barcha – 70ta bloki ishga to‘shirilgach, uning maydoni 100 gektarga yetadi.
Bundan tashqari, 434 gektarga mavsumiy mahsulotlar yetishtirish, kelajakda esa 100 gektar maydonga intensiv bog‘lar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
14:58 / 12.05.2026
Sudya yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
15:10 / 24.04.2026
Surxondaryoda neft daryo o‘zaniga oqib ketdi
10:15 / 17.04.2026