Iqtisodiyot | 09:12 / 02.02.2017
4668
1 daqiqa o‘qiladi

Federal zaxira tizimi asosiy stavkani o‘zgartirmadi

Foto: Dan Smith

AQSh Federal zaxira tizimi (markaziy banki)ning ochiq bozorlar qo‘mitasi 2017 yildagi birinchi majlisi yakuniga ko‘ra, asosiy foiz stavkasini yillik 0,5-0,75 foiz darajasida saqlab qoldi. Bu haqda Amerika Markaziy banki axborotnomasida so‘z yuritilgan. 

Bu qaror RIA Novosti murojaat qilgan tahlilchilar va ekspertlarning taxminiga mos kelgan.

FZT 2016 yil dekabr oyida bu stavkani 0,25-0,5dan ko‘targan edi. 2015 yil dekabr oyidan ushbu raqam o‘zgartirilmagandi. 

Mavzuga oid