Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mourino Angliyada kubok finallarida ilk marta yutqazdi
Foto: GLYN KIRK / AFP/Getty Images
«Manchester Yunayted» 2017/18 yilgi mavsum Angliya Kubogi finalida «Chelsi»ga yutqazdi. «Uembli»da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda londonliklar jamoasi Eden Azar penaltidan urgan gol evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bu «qizil iblislar» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino o‘z faoliyatida ilk marta Angliyadagi kubok o‘yinlarida finalda yutqazishi bo‘ldi. Bunga qadar ushbu portugaliyalik mutaxassis Angliya kuboklari finallarida 5 marta finalga chiqib, 5 marta g‘alaba qozongandi. «MYu» o‘tgan mavsumda Liga Kubogida g‘alaba qozongandi, «Chelsi» Liga Kubogida 3 marta zafar quchgan, bir marta Angliya Kubogida g‘alaba qozonilgan.
Qolaversa bu Mourino uchun qatorasiga ikki finalni boy berish bo‘ldi. «MYu» bungacha «Real»ga Yevropa Superkubogi uchun bahsda yutqazgandi.
2003/04 yilgi mavsumda ham «Portu» rahbarligida Mourino Yevropa Superkubogida «Milan»ga yutqazganidan keyin (0:1), Portugaliya Kubogi finalida «Benfika»dan mag‘lub bo‘lgandi (1:2).
Mavzuga oid
23:01 / 17.05.2025
«Siti» Angliya Kubogi finalida yutqazdi, Husanov kumush medal taqdi
13:38 / 01.06.2023
«Sevilya» yana Yevropa Ligasida g‘olib. Ularni Mourino ham to‘xtata olmadi
20:46 / 28.01.2023
Mourino Shomurodovning «Roma»dan ketayotganini tasdiqladi
15:08 / 12.10.2022