Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raqobat qo‘mitasi Knauf’ni ustun mavqega ega deb topdi
Raqobat qo‘mitasi Knauf Gips Buxoro MChJning bozordagi ulushi 40 foizdan ortiqni tashkil etgani sababli korxonani ustun mavqega ega deb topdi.
Foto: Raqobat qo‘mitasi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan gipsokarton mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bozorida tahlil o‘tkazilgan.
Tahlil natijalariga ko‘ra, Knauf Gips Buxoro MChJning bozordagi ulushi 40 foizdan ortiqni tashkil etgani sababli «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 13-moddasiga asosan ustun mavqega ega deb topildi.
Avvalroq, Raqobat qo‘mitasi boshqa 6 ta korxonani ham turli tovar va xizmatlar bo‘yicha ustun mavqega ega deb topgandi.
Jumladan:
· «Temiryo‘lekspress» va «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ (shaxslar guruhi sifatida) temiryo‘llar orqali yo‘lovchi tashish xizmatida;
· «Shahar atrofida yo‘lovchi tashish» MChJ shahar atrofi bo‘ylab yo‘lovchi tashish xizmatida;
· JV Continaz MChJ formalin mahsulotida;
· Indorama Kokand fertilizers and chemicals hamda «Farg‘onaazot» AJ (shaxslar guruhi sifatida) superfosfat mahsulotida;
· «Farg‘onaazot» AJ karbamid mahsulotida;
· Gazli Gas Storage MChJ QK tabiiy gazni yer ostiga quyish, saqlash va tortib olish xizmatida ustunlikka ega deb topildi.
Mavzuga oid
16:04 / 01.12.2025
Iste’molchi murojaatlari uchun yangi onlayn platforma ishga tushirildi
13:33 / 27.11.2025
Xorazmda tibbiyot birlashmalari 160 ming iste’molchidan asossiz mablag‘ olgani aniqlandi
14:14 / 24.11.2025
Raqobat qo‘mitasi «pulli parkovka» bo‘yicha o‘rganish boshladi
12:43 / 21.11.2025