Jahon | 16:09 / 19.12.2016
8911
3 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonning eng yirik samolyoti parvozlarni amalga oshirishni boshladi

13 dekabr kuni, bugungi kunda Tojikistondagi mavjud samolyotlarning eng yirigi hisoblanuvchi Boeing 767–300 havoga ko‘tarildi. 

Tojikiston milliy aviakompaniyasi «Tajik Eyr» OAJga tegishli yo‘lovchi havo layneri, Dushanbe xalqaro aeroportidan Dushanbe – Moskva – Dushanbe yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirdi, deb xabar qilmoqda aviakompaniya matbuot xizmati. 

Yangi samolyot hajmi juda ulkan bo‘lib, yo‘lovchi o‘rindiqlari ikki yo‘lakli 3 qatordan o‘rnatilgan. Havo kemasiga 278 nafar yo‘lovchi sig‘adi. 

«Tajik Eyr» uchuvchi–instruktori Yusupxon Yusubahmedovning so‘zlariga ko‘ra, Boeing 767–300ni boshqarish juda qulaydir. 

Boeing 767 – 300 texnik ko‘rsatkichlari:
Qanot kengligi                   – 47,57 m.
Qanot hududi                     – 283,3 m2.
Uzunligi                            – 54,94 m.
Balandligi                       – 15,85 m.
Yuksiz vazni                      – 85,630 kg.
Uchish vazni                        – 156 818 kg.
Dvigatel turi                  – CF6-80A2.
Tortish kuchi                      – 21 300 kgs.
Eng yuqori tezligi             – 914 km/ch.
Kreyser tezligi                  – 870 km/ch.
Amaliy parvoz masofasi   – 7 890 km.
Amaliy parvoz balandligi  – 10 000-11 000 m.
Ekipaj a'zolari                 – 2 kishi.

Foydali yuklamasi – 39 590 kg, umumiy hisobda 278 yo‘lovchi, ulardan biznes toifada 12 nafar, tejamkor toifada 266 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi. 

Mavzuga oid