Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mbappe Zidandan o‘zib ketib, Ronaldoga tenglashib oldi
Foto: AFP
«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe YeChL 1/8 finali doirasidagi «Manchester Yunayted»ga qarshi birinchi o‘yinda gol muallifi bo‘ldi. Natijada uning Chempionlar ligasidagi jami gollari 14taga yetdi.
Mbappe ushbu ko‘rsatkich bilan Zinedin Zidandan o‘zib ketdi va Ronaldo, Miroslav Kloze, Adriano, David Vilya va Rober Pires kabi futbolchilarga tenglashib oldi.
20 yoshli hujumchi YeChLda 14ta gol urishi uchun 24 uchrashuvda qatnashishi yetarli bo‘ldi. Taqqoslash uchun, Zidan turnirdagi so‘nggi 13-golini 80-o‘yinida urgan, Ronaldo esa 40-o‘yiniga kelibgina 14-to‘pini kiritgan.
Ma'lumot uchun, Yevropa klub futbolidagi eng nufuzli musobaqa to‘purari Krishtianu Ronaldu sanaladi. Uning hisobida 121ta gol bor.
Mavzuga oid
22:17 / 16.12.2025
«PSJ» Mbappega 61 mln yevro tovon puli to‘laydi – sud qarori
12:24 / 27.11.2025
Mbappeda poker, «Liverpul»da yirik mag‘lubiyat. YeChLda kun o‘yinlari
23:18 / 17.11.2025
Mbappe va PSJ sudda bir-biridan 200 mln yevrodan ortiq talab qildi
12:09 / 01.10.2025