Jamiyat | 15:21 / 27.07.2015
7749
2 daqiqa o‘qiladi

AQShlik professor 40 xil meva o‘sadigan daraxt yaratdi

AQShdagi Sirakyus universiteti professori Sem Van Aken 40 xil meva tugadigan ajoyib mevali daraxt yaratdi. Olim qishdan oldin bir daraxtga turli mevali daraxtlarning shohlarini payvandlab, ular tutashib ketishini kutadi.
“Men, mohiyatan, daraxtni loyihalashtirishim mumkin – unga istagancha shakl berib, uning qanday gullashini boshqarishim mumkin”, deb aytmoqda Van Aken.
Gibrid daraxtlarda 40 gacha turdagi mevalar: olxo‘ri, shaftoli, o‘rik, giloslarning turli navlari mevaga kiradi.

Olimning tasdiqlashicha, bu g‘oya dastlab bir san'at obektidek o‘ylangan edi. “Men odamlar bitta daraxtda turli rangdagi g‘unchalar gullashi hamda barcha mevalar bir vaqtda yetilishini ko‘rishlarini istagan edim”, deb ta'kidlamoqda olim.
Yilning aksariyat qismi davomida daraxt oddiy ko‘rinishga ega bo‘ladi. Biroq bahor kelishi bilan unda pushti, oq, malinasimon g‘unchalar gullashni boshlaydi.

Van Akenning tajribalari 2008 yilda boshlangan. Bitta daraxtni yaratish uchun unga 5 yil kerak bo‘ladi. Ayni paytda AQSh bo‘ylab muzeylar, jamoatchilik markazlari, shaxsiy uylarda shunday 16 dona ko‘p mevali daraxt o‘smoqda. Olim yaqin istiqbolda shahar sharoitlarida kichkina gibrid daraxtlar bog‘ini yaratishni rejalashtirmoqda