Texnologiya | 15:20 / 29.07.2015
4094
1 daqiqa o‘qiladi

Hyundai va Kia yil so‘ngiga qadar 11ta yangi mashina taqdim etadi

Janubiy Koreyaning Hyundai–Kia konserni joriy yil oxiriga qadar 11ta taqdimot o‘tkazmoqchi. Bu haqda The Koren Car Blog ma'lumot bermoqda.
Hyundai yangi avlod Equus, Elantra va Accent/Solaris mashinalarini, Genesis sedanining dizelli versiyasini, shuningdek, Toyota Prius’ga raqobatchi bo‘lishi kutilayotgan gibrid avtomobilni chiqarishni rejalashtirmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning bozorlariga allaqachon Hyundai Creta mashinalari chiqarildi. Ayni paytda uni Hindistonda sotib olish mumkin, 2016 yildan esa mashina Rossiyada ham ishlab chiqarila boshlaydi.
Kia’ning yangiliklari quyidagi modellardan iborat: yangi avlod Sportage va Optima, K5ning keyingi avlodi, uning gibrid (K5 Hybrid) va tarmoqdan quvvatlantiriuvchi (K5 Plug-In Hybrid) versiyalari – faqat Janubiy Koreya uchun, B toifadagi yangi gidrid krossover.