Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bobbi Kristina Braun onasining qo‘shig‘i sadolari ostida dafn qilindi
Marhum afsonaviy xonanda Uitni Xyustonning yagona farzandi – yaqinda hayot bilan vidolashgan Bobbi Kristina Braun Atlantada onasining qabri yoniga dafn qilindi, deb xabar bermoqda TMZ portali.
Dafn marosimi Uitni Xyuston musiqalari sadosi ostida o‘tdi. Qiz onasining Jesus Loves Me (“Iso meni yaxshi ko‘radi”) musiqasi ostida dafn qilindi.
Marhumaning otasi, Uitni Xyustonning sobiq eri, rep ijrochi Bobbi Braun qizining dafn marosimiga kelmadi, u qizi bilan “Men ham seni doim sevaman” degan so‘zlar yozilgan vidolashish maktubi bilan xayrlashdi.
Bobbi Kristina Braun o‘tgan yakshanba kuni Jorjiya shtatidagi shifoxonalardan birida bir necha oy komada yotgandan keyin 22 yoshida vafot etgn edi.
Uitni Xyustonning o‘zi esa 2012 yilning 12 fevralida Beverly Hilton mehmonxonasida vafot etgan. Xonanda barcha mol-mulkini qiziga meros qilib qoldirgan edi.