O‘zbekiston | 07:03 / 08.08.2015
35087
1 daqiqa o‘qiladi

Salonlarda Lacetti va Cobalt mashinalari uchun milliy valyutada shartnomalar qabul qilinmoqda

2015 yil 8 avgust kunidan boshlab GM Uzbekistan avtomobillari sotiladigan salonlarda Lacetti va Cobalt rusumli avtomobillarning 1 va 2 pozitsiyalari uchun milliy valyuta - so‘mda shartnomalar qabul qilinmoqda.

Avtosalon xizmatchilaridan birining Kun internet-nashriga xabar berishicha, aynan bugundan boshlab joriy vaqtga qadar xalqaro plastik kartochkalar (AQSh dollaridagi to‘lov) orqali shartnomalar qabul qilingan mazkur modeldagi mashinalar uchun to‘lovlarni milliy valyutada to‘lovni amalga oshirgan holda sotib olish mumkin.

Unga ko‘ra, mashinalarning narxlari quyidagicha ko‘rinish olgan:

Cobalt 1 pozitsiya — 43 250 000 so‘m
Cobalt 2 pozitsiya — 47 300 000 so‘m
Lacetti 1 pozitsiya — 47 350 000 so‘m
Lacetti 2 pozitsiya — 54 850 000 so‘m

Ma'lumot uchun, respublika bo‘ylab barcha 77ta avtosalonda shartnomalar qabul qilinishi boshlanib, savdolar davom etmoqda.