01:49 / 18.08.2015
3403

Bangkokdagi teraktdan jabrlanganlar soni 120 nafardan oshib ketdi

Tailand hukumati bergan oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Bangkokda Eravan Shrayn ibodatxonasi oldida bomba portlashi oqibatida qurbonlar soni 27 kishini, jabrlanganlar 123 kishini tashkil qilmoqda, deb xabar bermoqda Bangkok Post nashri. 

Ma'lum qilinishicha, jabrlanganlarning ko‘pchiligini boshqa davlat fuqarolari tashkil qilmoqda. Xavfsizlik chorasi sifatida 18 avgustda mamlakatdagi 438ta maktab yopib qo‘yilishi ma'lum qilindi. 

Top