O‘zbekiston | 10:49 / 24.03.2021
20499
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev bugun videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi 

Bugun, 24 mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati (arxiv)

Qayd etilishicha, videoselektor yig‘ilishida "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish ishlari ko‘rib chiqiladi. Ushbu dasturlarni moliyalashtirish hajmi oshirilishi kutilyapti. 

“Aniq raqamlar bugungi videoselektor yig‘ilishida ma'lum bo‘ladi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bir necha milliard dollar bo‘lishi mumkin”, dedi manba. 

Ta'kidlanishicha, qariyb 3 ming kilometr ichki yo‘llarni ta'mirlash, 4 ming kilometr ichimlik suvi tarmoqlarini qurishga mablag‘ ajratiladi. 

Bundan tashqari, 60 foiz mahallalarda elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash maqsadida 15 ming kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 4 mingdan ortiq transformatorlar yangilanadi. 

Bildirilishicha, keyingi bir necha yilda bunday hajmdagi ishlar O‘zbekistonda hali amalga oshirilmagan.

Mavzuga oid