Jamiyat | 23:56 / 08.11.2016
9730
2 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiya ta'lim maskanlaridagi barcha o‘quv darslarini bekor qiladi

Foto: Getty Images

Finlyandiya ta'lim tizimi jihatidan dunyoning eng yetakchi mamlakatlaridan biri hisobalandi. Ta'limni baholash reytinglarida bu mamlakat eng nufuzli o‘nlikka kiradi. Biroq mahalliy hukumat vakillari bunday reytinglarga kirishga urinmaydi ham. Finlar ta'lim tizimida haqiqiy inqilob qilishga qaror qilishdi. Bu haqida Independent nashri ma'lum qildi

Mansabdor shaxslar maktabdagi o‘quv predmetlarini bekor qilishmoqchi: bundan buyon Finlyandiya ta'lim maskanlarida fizika, matematika, adabiyot, tarix va geografiya fanlari bo‘lmaydi. Xelsinki Ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Maro Killonen o‘zgarishlarga o‘ziga xos izoh berdi: “Ehtiyojlar o‘zgarmoqda va biz XXI asr talablariga javob beradigan yangi tizim tuzishimiz lozim”.

Maktab o‘quvchilari alohida fanlar o‘rniga ko‘p tarmoqli formatdagi voqealar va hodisalarni o‘rganishadi. Masalan, Ikkinchi jahon urushi tarix, geografiya va matematika nuqtai nazaridan o‘rganiladi va h.k.

Bunday tizim 16 yoshdan boshlanuvchi o‘quvchilar uchun joriy etiladi. Rejaga ko‘ra, o‘quvchi qanday mavzu yoki hodisani o‘rganishni kelgusi hayoti haqidagi tasavvurlaridan kelib chiqib, o‘zi tanlaydi.

Shuningdek an'anaviy “o‘qituvchi-o‘quvchi” muloqot formati ham o‘zgaradi. O‘quvchilar partalarda o‘tirib, qachon doska oldiga chaqirishlarini kutib o‘tirishmaydi. Buning o‘rniga kichik guruhlarda muammolarni muhokama qilib, hamkorlikda ishlashadi.

Fin ta'lim tizimi jamoa bo‘lib ishlash tarafdori, shu bois o‘qituvchilarning ishida ham sezilarli o‘zgarishlar kutilmoqda. Xelsnikidagi 70 foiz pedagoglar yangi tizim bo‘yicha tayyorlovdan o‘tishdi. Shuningdek o‘qituvchilarning ish haqi ham oshirildi.

2020 yilga borib, fin ta'lim tizimini to‘liq yangilash rejalashtirilmoqda.
 

Mavzuga oid