Sport | 11:35 / 08.09.2015
3413
1 daqiqa o‘qiladi

«Sport» telekanali Filippinga qarshi kechadigan o‘yinni translyatsiya qiladi

"Sport" telekanali JCh-2018 va OK-2019 saralashi doirasida Filippin va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasida kechadigan o‘yinni to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilishi ma'lum bo‘ldi. Bu haqida telekanalda reklama berilmoqda.

E'tiborli tomoni, Mtrk.uz saytida "Sport" telekanali dasturiga Filippin - O‘zbekiston o‘yini kiritilmagan. Bu vaqtda tennis bahslari va "Sport sayyorasi" ko‘rsatuvi dasturdan o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17.00da boshlanishi belgilangan.