Jahon | 21:29 / 12.09.2015
3283
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Donbassga gaz yetkazib berish masalasi tez orada hal qilinishini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassga gaz yetkazib berish masalasi tez orada hal qilinishi ehtimoli borligini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Mana, menga ma'lum bo‘lishicha, Donbassdan ko‘mir kelishni boshladi. Bu biz ham ko‘mir yetkazib berishni boshlashimizni anglatadi. O‘ylaymanki, agar zarur bo‘lsa biz gaz va elektr energiyasi bilan bog‘liq masalalarni ham hal qilamiz. Umuman, munosabatlarni to‘liq miqyosda tiklash lozim”, deb aytdi Putin.

Putin, shuningdek, Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardan tiklash zarurligini ta'kidlab o‘tdi.