Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini mashinada qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi
Farg‘ona shahri ko‘chalaridan birida yosh yigitlar o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi.
Kun.uz'ga kelib tushgan videoda qora rangli Lacetti avtomobili yo‘l chetidan borayotgan fuqaroni zarb bilan urib, bir necha metrga uchirib yuborgani aks etgan.
Videoni yuborgan manbaning aytishicha, jabrlanuvchi 1994 yilda tug‘ilgan Mardon A’zamjonov bokschi bo‘lgan. 10 iyul kuni avvaliga bir guruh yigitlar katta yo‘lda uni do‘pposlab, so‘ng avtomobilda qasddan urib ketgan.
Farg‘ona viloyati IIB yo‘l chetida ketayotgan odamni Gentra urib yuborgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirib, jabrlangan erkak vafot etganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 10 iyul kuni fuqaro F.Z. Farg‘ona shahar O‘zbekiston ovozi ko‘chasida tanishi M.A. bilan o‘zaro gap talashib janjallashib, o‘ziga tegishli Lacetti avtomobilida M.A.ni urib yuborib, tan jarohati yetkazgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan M.A. shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan F.Z.ga nisbatan Farg‘ona shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi F.Z. Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksiga ko‘ra, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish oqibatida jabrlanuvchi vafot etsa, aybdor shaxs 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Mavzuga oid
21:28 / 14.12.2025
“Farg‘onada u zo‘r ekanini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lgan” – tanishini mashinada qasddan urib o‘ldirgan shaxs ishida hukm o‘qildi
16:10 / 27.10.2025
Radarlar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun ham jarima ballari yoziladi
00:58 / 24.10.2025
Andijonda haydovchi uxlab qolishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi
14:19 / 22.10.2025