Iqtisodiyot | 15:47 / 24.09.2015
2244
1 daqiqa o‘qiladi

“Yakkasaroy” texnobog‘ida tadbirkorlarga sharoitlar yaratilmoqda

“Yakkasaroy” texnobog‘ida tadbirkorlarga sharoitlar yaratilmoqda. Bu haqda bugun o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi.
Park Toshkent hokimining qaroriga binoan 2013 yilda Tekstilkombinati o‘rnida tashkil etilgan edi.
Ayni paytda uning hududidagi xonalar tadbirkorlik sub'yektlariga ijaraga berib kelinmoqda. Bugungi kunda ularning soni 205taga yetdi. Korxona hududida 5 713 ish o‘rni yaratildi.
Ushbu korxona faoliyati bilan keng jamoatchilikni tanishtirish maqsadida rahbariyat OAV bilan uchrashuv tashkil etishga qaror qildi. Tadbir O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tashkil etildi.